1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH evakuatsiya qiladigan fuqarolarning Kobul aeroportiga kelishi tartibi o‘zgardi

AQSH evakuatsiya qiladigan fuqarolarning Kobul aeroportiga kelishi tartibi o‘zgardi. Bu haqda “Washington Post” xabar berdi.

AQSH evakuatsiya qiladigan fuqarolarning Kobul aeroportiga kelishi tartibi o‘zgardi

 

 

Unga ko‘ra, endilikda AQSH fuqarolari va grin-kard egalari aeroportga to‘g‘ridan to‘g‘ri kela olmaydi. Ular avval maxsus to‘planish punktiga keladi va u yerdan  aeroportga jo‘natiladi.

 

“Washington Post”  davlat departamenti amaldori so‘zlarini keltirib, aeroport darvozasi oldida to‘planmaslikni tavsiya qilgan. AQSHning Afg‘onistondagi elchixonasi ham fuqarolarni  maxsus taklifsiz aeroportga borishdan qaytargan va evakuatsiya jarayoni ketayotgan kirish joylarini tark etishni so‘ragan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Kobul aeroportida otishma yuz bergani xabar qilingan edi

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика