1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kobul xalqaro aeroportida otishma yuz berdi

Kobulda Hamid Karzay nomidagi xalqaro aeroportda afg‘on xavfsizlik kuchlari va noma’lum shaxslar o‘rtasida otishma yuz berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” ma’lum qildi.

Kobul xalqaro aeroportida otishma yuz berdi

 

 

Otishma mahalliy vaqt bilan ertalab soat toʻrtlarda sodir boʻlgan. Afgʻoniston xavfsizlik kuchlarining bir askari halok boʻldi, uch nafari yaralandi.


Otishmada Amerika va Germaniya harbiylari ham qatnashgan, lekin ulardan hech kim jabrlanmagan. Otishma  va uning roʻy berish sabablari maʼlum emas.


Bundan avval NATO Kobul aeroporti va uning atrofida oxirgi yetti kun ichida kamida 20 kishi halok boʻlgani haqida xabar bergan edi. Guvohlarning aytishicha, ulardan baʼzilari otib oʻldirilgan, boshqalari tiqilinchda qolib vafot etgan. 

 

 

Nasiba Toʻxtayeva

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика