Suriyadagi havo hujumi natijasida “Al-Qoida” terrorchilik guruhi yetakchilaridan biri yo‘q qilindi, deya maʼlum qildi AQSH Markaziy qo‘mondonligi.
"AQSHning Suriya shimoli-g‘arbidagi havo hujumi natijasida “Al-Qoida” rahbarlaridan biri Abdulhamid al-Matar o‘ldirildi", — deyiladi xabarda.
Hujum dron yordamida amalga oshirildi.
Taʼkidlanishicha, zarba paytida tinch aholi jabrlanmagan.
“Qo‘shma Shtatlar AQSHga zarar yetkazishni maqsad qilgan “Al-Qoida” va boshqa terrorchilik tashkilotlari aʼzolariga hujum qilishda davom etadi”, — deyiladi bayonotda.
Bundan avval Turkiyada Fathulla Gulen bilan aloqadorlikda gumonlangan yuzdan ortiq harbiylar qamoqqa olingani to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Nasiba To‘xtayeva


