
Turkiya hukumati Fathulla Gulen va uning FETO tashkilotini 2016 yil iyulida davlat to‘ntarishiga urinishda ayblaydi. 123 harbiy ham FETO bilan hamkorlik qilgan bo‘lishi mumkin. Ularning orasida harbiy bilim yurtlarining 50 nafar kursantlari ham bor. Turkiyaning jami 18 viloyatida qo‘lga olish ishlari boshlangan.
Maʼlumot o‘rnida: 2016 yildagi muvaffaqiyatsiz harbiy to‘ntarishdan keyin Turkiyada jami 80 ming kishi qamoqqa olingan, 150 ming nafar davlat xizmatchisi ishdan chetlatilgan. Fathulla Gulen to‘ntarish paytida AQSHda bo‘lgan. U barcha ayblovlarni rad etib kelmoqda.
Bundan avval Turkiya Ukraina va Gruziyaning NATOga intilishini qo‘llab-quvvatlashini hamda Erdo‘g‘an “Tolibon” hukumati haqida fikr bildirgani xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev


