Ushbu moslama past orbita bo‘ylab uchgan va yakunda marraga yetib bora olmagan. U nishondan bir necha o‘n kilometr uzoqqa tushgan. Shunday bo‘lsa-da, bu ma’lumot AQSH harbiylarining taajubiga sabab bo‘ldi. gipertovushli uchuvchi moslama sinovi Xitoy olimlarining gipertovushli qurolni yaratishida qanchalik ilgarilaganini ko‘rsatdi.
“Biz Xitoy buni qanday amalga oshirganini anglolmay qoldik”, – deydi AQSH razvedkasidagi manbalardan biri. Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi o‘z navbatida girettovushli qurol sinovlari Osiyo-Tinch okeani haqzasi va butun dunyodagi keskinlikning kuchayishiga olib kelishini ma’lum qildi. “Aynan shu sababli biz Xitoyni asosiy chaqiriq sifatida ko‘ramiz”, – degan kirbi.
Bunga javoban Xitoyning AQSHdagi elchisi Lyu Pen’yuy Pekinning harbiy siyosati “o‘z xarakteriga ko‘ra mudofaaga yo‘naltirilgani” ni ma’lum qildi. “Bizda AQSHdagi kabi global strategiya yoki harbiy operasiyalar rejasi yo‘q. Qurollanish poygasidan ham manfaatdor emasmiz. Aksincha, AQSH o‘zining gipertovushli qurolini ishlab chiqish maqsadida so‘nggi yillarda Xitoy tahdidi haqidaga afsonani o‘ylab topdi. Bu shu yo‘nalishda qurollanish poyngasini kuchaftirdi va global strategik barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatdi”, – degan elchi.
Avvalroq, NATO bosh kotibi Xitoy va Rossiya yaqinlashuvi xavfi haqida aytgandi. Shuningdek, Xitoy mudofaa vazirligi AUKUS qurollanish poygasini kuchaytirishini ma’lum qilgandi.
Jahongir Qoʻziyev


