
Bu Pentagonning Baydenga qo‘shinlarni olib chiqmaslikni so‘ragani to‘g‘risidagi bayonotiga javob bo‘ldi. Psaki ushbu masala yuzasidan turli fikrlar bo‘lganini ham qo‘shimcha qildi.
"Qo‘shinlar soni oshirilishi ham doimiy chora bo‘la olmasdi. Bu, shuningdek, "Tolibon" bilan urushni anglatardi va ehtimoliy qurbonlar sonini oshirardi. Prezident shunchaki bunday qaror qabul qilishga tayyor emasdi. U qo‘shinlar sonining oshirilishi аmerika xalqi manfaatlariga zid ekanini yaxshi anglagan", — degan Psaki.
U, shuningdek, qo‘shinlar soni oshirilishi uzoq muddatli bo‘lmasligini aytgan. Shu bilan birga Psaki qo‘shinlarni olib chiqish to‘g‘risidagi qaror shaxsan Baydenning o‘zi tomonidan qabul qilinganini taʼkidladi.
Maʼlumot o‘rnida: Vashington 2021-yil avgusti oxirida Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketdi. Bu AQSh tarixidagi eng uzoq urushning tugashiga olib keldi.
Avvalroq "Tolibon" Pokiston yadro qurollarini qo‘lga kiritishi mumkinligi hamda toliblarning o‘z jangchilariga yangi taqiqlar joriy etgani haqida xabar berilgandi.
Jahongir Qo'ziyev


