AQSH senatorlari Rossiya uranidan voz kechishni taklif qildi.
Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Respublikachilar partiyasidan senator, ushbu taklif mualliflaridan biri Jon Barrasoning so‘zlariga ko‘ra, Amerika bozoridan Rossiya energetik resurslarini butunlay siqib chiqarish vaqti keldi.
“Rossiya neft, gaz va ko‘miri importini taqiqlash muhim qadam, ammo u oxirgi bo‘lishi mumkin emas. Uran importini taqiqalb qo‘yish rus harbiy mashinasini yana-da zaiflashtiradi. Bundan tashqari, AQSHda uran ishlab chiqarishni qayta tiklash va milliy xavfsizlikni mustahkamlash imkonini beradi”, – degan u.
Yana bir senator Sintiya Lummis Vayoming shtatida katta uran zaxiralari borligi va uni ekologik toza usulda qazib olish imkoniyati mavjudligini taʼkidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya Rossiya va Belarusga yangi sanksiyalar joriy etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


