1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH Rossiyaning nozik nuqtasiga zarba berdi

Moskvaga nisbatan yangi sanksiyalar eʼlon qilindi.

AQSH Rossiyaning nozik nuqtasiga zarba berdi

 

AQSH Rossiyaning neft sanoatiga sanksiya joriy etdi. Bu xaqda Oq uy maʼlum qildi.

Vashington bu qarorni ittifoqchi va hamkorlari bilan maslahatlashib qabul qilgan.

 

"Neft va gazni qazib olish qurilmalari eksportini nazoratga olish orqali savdo vazirligi Rossiyaning neftni qasta ishlash sanoatini uzoq muddatli istiqbolda rivojlantiridigan texnologiyalar eksportiga cheklov qo‘ydi", — deb qayd etilgan Oq uy tarqatgan xabarda.

 

Shuningdek, Amerika enerogoresurslar yetkazib berishning global qisqarishidan manfaatdor emasligi, shuning uchun ularning savdosidagi hisob-kitoblar uchun moliyaviy sanksiyalar joriy etilmaganligi taʼkidlangan. Ammo shu bilan birga Vashington va ittifoqchilari Moskvaning yetakchi energetika davlati maqomini pasaytirishga harakat qilishi aytilgan.

 

"Ushbu xatti-harakatlar maqsadga erishishga va amerikalik isteʼmolchilarni himoya qilishga yordam beradi", — deyilgan administratsiya bayonotida.

 

Maʼlumot o‘rnida: Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada harbiy operatsiya boshlagach, G‘arb Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi. Cheklovlarning aksariyati moliya bozoriga qarshi qaratilgan. Xususan, Rossiyaning bir qator banklari AQSH, Yevropa va Buyuk Britaniya qora ro‘yxatiga kiritildi, shuningdek, SWIFT tizimidan uzib qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvaga yevro ajratish taqiqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика