1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH Saudiya Arabistoni bilan maxfiy muzokara olib borayotgani maʼlum bo‘ldi

Bundan ko‘zlangan maqsad ochiqlandi.

AQSH Saudiya Arabistoni bilan maxfiy muzokara olib borayotgani maʼlum bo‘ldi

 

AQSH vakillari Saudiya Arabistoni bilan maxfiy muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Axios axborot portali xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, Oq uyning Yaqin Sharq bo‘yicha koordinatori Brett MakGurk va Davlat departamentining global energetik xavfsizlik bo‘yicha katta maslahatchisi Amon Xoxshteyn Saudiyada bo‘lib turibdi.

 

Vashington ushbu muloqot orqali neft qazib olishni ko‘paytirishga erishishni ko‘zlamoqda. Shundan keyin Rossiyaga qarshi yana-da keng qamrovli sanksiyalar joriy etish imkoni tug‘iladi.

 

Bundan tashqari, Qo‘shma shtatlar 2022 yil kuzidagi oraliq saylovlar arafasida mamlakatda yoqilg‘i narxini tushirishni mo‘ljallagan.

 

Avvalroq Saudiya Arabistoni yangi OPEC+ kelishuvini ishlab chiqayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика