1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH Tayvan bilan savdo-sotiq jarayonini soddalashtirishi mumkin

Tez orada tomonlar iqtisodiy kelishuvni eʼlon qiladi.

AQSH Tayvan bilan savdo-sotiq jarayonini soddalashtirishi mumkin

 

AQSH va Tayvan iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan muzokara olib bormoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.

 

Tomonlar tez orada ushbu muzokaralar tafsilotini eʼlon qilishi kutilmoqda. Shu bilan birga yetkazib berishning barqaror zanjirlarini mustahkamlash masalasi ham muhokama qilinyapti.

 

Vashington va Tayvan kelishuvi savdo jarayonlarini soddalashtirish, ishlab chiqarish zanjirlari faoliyati va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ayirboshlashni nazarda tutadi.

 

Maʼlumot o‘rnida: Tayvan 1949 yildan buyon amalda XXRdan mustaqil siyosat olib boradi. U Xitoyning ajralmas qismi ekanini butun dunyo, jumladan, AQSH ham tan oladi. Shu bilan birga aksariyat davlatlar Tayvanning Xitoy tarkibiga zo‘ravonliksiz va kuch ishlatishsiz qaytishi zarurligini taʼkidlab keladi.

 

 

Avvalroq AQSH va Xitoy vakillari Tayvan masalasida fikr almashgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика