AQSH va Xitoy vakillari telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Xitoy TIV ma'lum qildi.
Muloqot Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi tashqi ishlar komissiyasi rahbari Yan Szechi va AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan o‘rtasida bo‘lib o‘tgan. U Vashington tashabbusi bilan o‘tkazilgan. Tomonlar KXDR va Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilgan. Shuningdek, Szechi Tayvan masalasiga eʼtibor qaratgan.
Xitoy vakili G‘arbning Osiyo-Tinch okeani mintaqasida siyosiy bloklar yaratishga urinayotganini tanqid qilgan. U tinchlik va hamkorlik ushbu mintaqadagi asosiy tendensiyaga aylanishi kerakligini taʼkidlangan.
Szechi AQSHni Xitoy ichki ishlariga aralashishda ayblagan.
Avvalroq Xitoy TIV Pekin uchinchi jahon urushi boshlanishiga qarshi ekanini maʼlum qilgandi.


