Oq uy Rossiya va Xitoyga murakkab kompyuter chiplarini sotishga cheklov qo‘ydi. Bu haqda The New York Times gazetasi xabar berdi.
Gap Nvidia va Advanced Micro Devices kompaniyalari ishlab chiqaradigan mikrosxemalar haqida ketmoqda. Dastlab ular videoo‘yinlarni yaratish maqsadida yaratilgan, ammo keyinchalik superkompyuterlarda keng foydalanilgan.
Vashington Rossiya va XXR ushbu chiplardan harbiy va xavfsizlik maqsadlarda foydalanishidan xavotirga tushgan.
Avvalroq Tayvanda urush boshlangan taqdirda dunyo yarimo‘tkazgichlarsiz qolishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.


