
Luizianada 15 kishi falokat qurboniga aylandi. Sog‘liqni saqlash davlat departamenti Sent-Tammani okrugida bo‘ron oqibatida yana ikkita o‘lim holatini tasdiqladi. 68 yoshli erkak vayron bo‘lgan uyi tomini tiklayotganda yiqilib tushdi, 71 yoshli bemor elektr uzilishi paytida kislorod yetishmasligi tufayli vafot etdi.
Shimoli-sharqda kamida 52 kishi halok bo‘lgan. O‘tgan hafta Nyu-Yorkda huquq-tartibot idoralari xodimlari suv toshqini paytida yo‘qolgan ayol jasadini topdi.
AQSH Milliy ob-havo xizmati Luiziana shtatida yangi yog‘ingarchilik haqida ogohlantirmoqda, bu esa suv toshqinlariga olib keladi.
Shuningdek, Nyu-Orleanda bo‘rondan keyin ommaviy talonchilik boshlangan. 40 ga yaqin odam o‘g‘irlik uchun hibsga olingan. Turli jinoyatlar uchun jami 55 kishi ushlandi.
Avvalroq “Genri” tropik to‘foni tufayli AQSH sharqida 97 ming xonadon elektrsiz qolgani hamda AQSHning Luiziana shtatiga dahshatli to‘fon kirib kelgani haqida xabar berilgandi.
Nasiba To‘xtayeva


