1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQShdagi o’zbeklar uchun yomon xabar: endi ingliz tilini bilmaganlarga yuk mashinasi haydash taqiqlanishi mumkin

AQSh Transport vaziri Shon Daffi ingliz tilini bilmaydiganlarga yuk mashinasini boshqarish huquqini cheklashni rejalashtirilayotganini e’lon qildi.

AQShdagi o’zbeklar uchun yomon xabar: endi ingliz tilini bilmaganlarga yuk mashinasi haydash taqiqlanishi mumkin

 

AQSh Transport vaziri Shon Daffi ingliz tilini bilmaydiganlarga yuk mashinasini boshqarish huquqini cheklash rejalashtirilayotganini e’lon qildi. Bu haqda u rasmiy bayonotida ma’lum qilgan.

 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda transport xavfsizligini ta’minlash maqsadida eski qoidalarni tiklash rejalashtirilmoqda. Unga ko‘ra, mahalliy – ya’ni ingliz tilini bilmaydigan shaxslar tijorat transport vositalarini, jumladan yuk mashinalarini haydash huquqiga ega bo‘lmaydi.

 

“Biz oddiy mantiqqa qaytmoqdamiz. Agar siz mahalliy til – ya’ni ingliz tilini bilmasangiz, mashina haydashingizga ruxsat yo‘q. Bu xavfsizlik masalasidir”, — deya ta’kidladi vazir Daffi.

 

Shon Daffining bu bayonoti migrantlar va xorijlik haydovchilar orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Yangi qoidaning qonuniy kuchga kirishi uchun tegishli qonun loyihasi ishlab chiqilishi yoki mavjud qoidalar qayta tiklanishi lozim bo‘ladi.

 

Ayni paytda AQShda minglab xorijlik, jumladan lotinamerikalik, osiyolik va boshqa mamlakatlardan bo‘lgan haydovchilar yuk mashinalari sohasida faoliyat yuritadi. Ularning aksariyati ingliz tilida cheklangan darajada so‘zlasha oladi yoki umuman bilmaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика