AQSHda Charlz Liberni Xitoy bilan ilmiy hamkorlik va undan olinadigan daromadlarni yashirganlikda aybdor deb topdi.
Hakamlar hayʼati Garvard universitetining kimyo va kimyoviy biologiya kafedrasi sobiq dekani rasmiylarga yolg‘on gapirgani, noto‘g‘ri soliq deklaratsiyasini taqdim etgani va Xitoy bankida hisob raqami borligini oshkor qilmagani isbotlangan deb topdi.
Ishga doir hujjatlar shuni ko‘rsatadiki, nanomateriallar sohasida dunyodagi yetakchi mutaxassislardan biri hisoblangan 62 yoshli Liber o‘zining asosiy ish beruvchisini bilmagan holda Xitoyning “Ming isteʼdod” ilmiy kadrlarni yollash dasturiga qo‘shilgan.
Shuningdek, Wuhan texnologiya universiteti oyiga 50 ming dollar maoshdan tashqari, unga 150 ming dollargacha bo‘lgan operatsion xarajatlar ham to‘langan va tadqiqot laboratoriyasini jihozlash uchun 1,5 million dollardan ortiq mablag‘ ajratilgani taʼkidlagan prokuror.
Olimning o‘zi esa uning uchun asosiy narsa pul emas, balki dunyoda tan olinishi va Nobel mukofotini olish istagi ekanligini bildirgan.
Bundan tashqari, Amerika hukumati yana 24 nafar ilmiy xodimni Xitoy bilan aloqalari haqidagi maʼlumotlarni yashirganlikda ayblagan. Ulardan 9 nafari aybiga iqror bo‘ldi, 6 tasidan ayblovlar olib tashlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq kriminal avtoritetga ega jinoyatchi sud zalining o‘zida otib o‘ldirilgani hamda Shvetsiya TIV rahbari prankerlarga davlat sirini ochib qo‘ygani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


