"Bugun Afg‘oniston masalasini ittifoqchi va hamkorlar bilan muhokama qilish uchun Yevropa va Osiyoga jo‘nab ketyapman. Xalqaro hamjamiyat samarali siyosat yuritish uchun birgalikda harakat qilishi lozim", — degan Uest. U tashrifi to‘g‘risida boshqa maʼlumotlarni ochiqlamagan.
AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Uest birinchi bo‘lib Bryusselga borishini maʼlum qilgan. U yerda ittifoqchilar bilan maslahatlashuv o‘tkazilishi qayd etilgan. Shu bilan birga uning Moskvaga ham tashrif buyurishi kutilmoqda.
Bundan avval Zalmay Xalilzod AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan isteʼfoga chiqqani hamda Germaniya toliblar bilan diplomatik muloqotni kengaytirmoqchi ekani haqida xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev


