
Gap Amerika razvedkasining chet eldagi maʼlumot to‘plovchilari va josuslari haqida bormoqda. “New York Times” bunga kadrlarni yetarlicha tayyorlamay qabul qilish va chet el maxsus xizmatlari imkoniyatiga to‘g‘ri baho bermaslikni asosiy sabab qilib ko‘rsatgan.
Markaziy Razvedka Boshqarmasi shundan keyin o‘z zobitlaridan chet eldagi josuslik rezidenturalari ishini yaxshilashni talab qilgan. Qo‘lga olingan agentlarning aniq soni keltirilmagan. Ammo Rossiya, Xitoy, Eron va Pokiston AQSH josuslarini topish va yo‘q qilish bo‘yicha samarali ishlayotgani taʼkidlangan.
Markaziy Razvedka Boshqarmasi agentlarning yo‘q qilinishida chet el maxsus xizmatlarining professionalligi emas, balki Amerika kontrrazvedkasidagi xoinliklar sabab bo‘lganini qayd etgan. Maʼlum bo‘lishicha, ayrim kontrrazvedka zobitlari chet el maxsus xizmatlariga maxfiy maʼlumotlarni taqdim etgan.
Bundan avval dunyodagi 11 ta davlat josuslik tizimi orqali siyosatchilarni kuzatgani hamda RFda O‘zbekiston fuqarosi Ukraina foydasiga josuslik qilganlikda ayblanayotgani xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev


