1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Arab xattotligi YuNESKO ro‘yxatiga kiritildi

Riyozdagi Milliy muzeyda xattotlik ko‘garzmalari tashkil etildi.

Arab xattotligi YuNESKO ro‘yxatiga kiritildi

 

Saudiya Arabistoni hamda15 ta arab davlati o‘rtasidagi hamkorlikdan so‘ng Arab ligasi saʼy-harakatlari natijasida “Arab xattotligi: bilim, ko‘nikma va amaliyot” YuNESKOning Nomoddiy madaniy meros vakillik ro‘yxatiga qo‘shildi.

 

 

Arab xattotligi diniy matnlarda muhum o‘rin egallaydi. U Arab tilining rivojlanish tarixida muhim ro‘l o‘ynagan. Asrlar davomida arab madaniyati, urf-odatlari va diniy qadriyatlarining dunyo bo‘ylab tarqalishiga katta hissa qo‘shgan.

 

 

Saudiya Arabistonida ushbu sanʼatga eʼtibor namunasi sifatida 2020 va 2021 yillar Arab xattotligi yillari deb eʼlon qilindi. Ar-Riyod Milliy muzeyida arab tilining kelib chiqishi, xattotlik va uning rivojlanishiga tegishli ko‘rgazma tashkil etilgan.

 

 

Amirlikka tashrif buyuruvchilar YuNESKOning Jahon merosi obʼektlari va Himo Najran kabi joylarda qadimiy yozuvlarda arab tilining dastlabki shakllariga guvoh bo‘lishlari mumkin.

 

 

Avvalroq, Birlashgan Arab Amirliklaridagi arxeologik missiyasiada Abbosiylar sulolasi davriga oid kumush tangalar xazinasi topilgani haqida xabar bergan edik.

 

Yulduz Rustamova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика