1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Argentinalik jurnalist jonli efirda issiq havo sabab hushidan ketib yiqildi

Ayni kunlarda mamlakatda rekord darajadagi yuqori ob-havo kuzatilmoqda.

Argentinalik jurnalist jonli efirda issiq havo sabab hushidan ketib yiqildi

 

Argentinaning Buenos-Ayres shahrida mahalliy telekanal  muxbiri Karlos Ferrera jonli efir vaqtida issiqdan hushidan ketdi. Bu haqda TN Todo Noticias telekanali xabar bermoqda. 

 

Ma'lumotlarga ko‘ra, jurnalist jonli efirda opera teatridan xabar berayotgan edi. U tomoshabinlarga yangi PZR test punkti haqida gapirib berdi. Translyatsiya tugash arafasida Ferrera to'satdan asfaltga yiqilgan.

 

Studiyadagi yangiliklar boshlovchisi ularning jurnalisti haddan tashqari issiqda ishlashiga to'g'ri kelganini aytdi. Keyinchalik uning qo'shimcha qilishicha, Ferreraga yordam ko'rsatilgan, uning sog'lig'i hozirda barqaror.

 

Ma'lumot uchun: Argentinada 12-yanvar kuni termometrlar + 45 ° ga ko'tarilgan, bu mamlakatda rekord darajadi yuqori harorat sifatida qayd etildi.

 

Eslatib o'tamiz, Gretsiyaning Attika hududidan jonli efirda o‘rmon yong‘inlari haqida xabar uzatayotgan muxbir talonchilarga duch kelgan edi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика