1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Arqadag‘” Turkiy davlatlar tashkilotining Oqsoqollar kengashiga kiritildi

Turkmaniston tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.

“Arqadag‘” Turkiy davlatlar tashkilotining Oqsoqollar kengashiga kiritildi


Turkmaniston sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi a’zosi etib saylandi. Bu haqda tashkilot kotibiyati xabar berdi. 


“Kotibiyat Gurbanguli Berdimuhammedovning Oqsoqollar kengashi a’zoligi bilan faxrlanadi va uning donoligi, bilimi va tajribasi kengash salohini boyitishiga hamda tashkilot mavqeini oshirishda muhim rol o‘ynashiga ishonadi”, – deyiladi kotibiyat bayonotida. 


Shuningdek, Berdimuhammedovning Kengash faoliyatidagi ishtiroki Ashxobodning turk dunyosi bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorligini chuqurlashtirishiga umid bildirilgan. 


Turkmaniston 2021 yilda Istanbuldagi Turkiy davlatlar tashkilotining 8 sammiti yakuniga ko‘ra ushbu tuzilmada kuzatuvchi maqomga ega bo‘ldi. 


Avvalroq Turkmaniston hukumati iste’foga chiqarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика