Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Asqar Akayev 2005 yilgi “Lola inqilobi”da AQSHni aybladi. Bu haqda u Olma-Otadagi chiqishida aytib o‘tgan.
“AQSH elchisi janob Yang ochiq ravishda, ayniqsa, Gruziya va Ukrainadagi davlat to‘ntarishlaridan so‘ng AQSHning bu jarayonlarda qo‘li borligini aytgandi”, — degan u.
Shu bilan birga u 2005 yilda Qirg‘izistonni tark etgani xato bo‘lganini tan oldi. Ammo Akayev o‘z nomi qon to‘kilishi bilan aloqador bo‘lishini istamaganini, shuning uchun hozir hech narsadan afsuslamasligini maʼlum qilgan.
Maʼlumot o‘rnida: 2005 yilda Qirg‘izistonda “Lola inqilobi” natijasida Asqar Akayev prezidentlik lavozimidan voz kechadi.
Avvalroq Qirg‘izistonda yil oxiriga qadar aholining 38 foizi qashshoqlashishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.


