1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AUKUS qurollanish poygasini kuchaytiradi – Xitoy mudofaa vazirligi

Xitoy mudofaa vazirligi AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliya o‘rtasidagi yangi alyans – AUKUS ga nisbatan munosabat bildirdi. Bu haqda “Ria Novosti” xabar berdi.

AUKUS qurollanish poygasini kuchaytiradi – Xitoy mudofaa vazirligi

 

 

Mudofaa vazirligi rasmiy vakili U Syanning so‘zlariga ko‘ra, ushbu davlatlarning atom suvosti kemalari sohasidagi hamkorligi mintaqada qurollanish poygasini kuchaytiradi. Buning oqibatida butun dunyodagi tinchlikka xavf solinadi.

 

“AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliyaning suvosti kemalari sohasida istalgan turdagi hamkorligi mintaqada qurollanish poygasini kuchaytiradi, uning tinchlik va barqarorligiga tahdid soladi, shuningdek, xalqaro yadro xavfsizligidagi umumiy urinishlarga salbiy taʼsir qiladi”, – degan rasmiy vakil.

 

U Xitoy bunga qatʼiy qarshi ekanini taʼkidlagan.

 

Maʼlumot o‘rnida: 15 sentabr kuni AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliya o‘rtasida yangi alyans tuzildi. Erishilgan kelishuv doirasida AQSH Kanberraga sakkizta atom suvosti kemasi taqdim etadi. Shu bilan birga bu suvosti kemalari yadro quroli bilan jihozlanmaydi. Mutaxassislar AUKUS, eng avvalo, Xitoy va uning o‘sib borayotgan taʼsiriga qaratilganini taʼkidlamoqda.

 

Avvalroq Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi “sovuq  urush” davridagi fikrlashdan voz kechishga chaqirgani xabar qilingandi. Shuningdek, Fransiya Avstraliya va AQSHdagi elchilarini chaqirib olgani maʼlum qilingandi.

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика