1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Avstriya TIV: Rossiyadan sanksiyalar asta-sekin olib tashlanishi mumkin

Rasmiy Vena Moskva-Kiyev muzokaralari o‘tkazish uchun platforma yaratishga tayyorligini bildirdi.

Avstriya TIV: Rossiyadan sanksiyalar asta-sekin olib tashlanishi mumkin

 

Rossiyadan sanksiyalar bosqichma-bosqich olib tashlanishi mumkin. Bu haqda Avstriya tashi ishlar vaziri Aleksandr Shallenberg maʼlum qildi.

 

“Sanksiyalar o‘zgaruvchan vosita, ammo hozirda bu haqda gapirishga erta. Umid qilamanki, qachondir diplomatiya muvaffaqiyatga erisha oladigan davrga kelamiz. Hozir strategik sabr va mustahkam asablar kerak. Sanksiyalar har kuni yana-da samarali bo‘lib bormoqda”, – degan u Wiener Zeitung nashriga bergan intervyusida.

 

Shu bilan birga hozirda YEI sanksiyalar ostidagi rossiyaliklarning “qora ro‘yxat”dan chiqarmasligi taʼkidlangan.

 

Bundan tashqari, Shallenberg Vena Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun platforma yaratib berishga tayyorligini aytgan. Ammo u hozircha Moskva tomoni tinchlik muzokaralari tomon qadam tashlamayotganini qayd etgan.

 

Avvalroq Avstriya kansleri Rossiya gaziga qaramlikdan qutulish mushkulligini aytgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика