Bu haqda u N24 telekanaliga bergan intervyusida aytgan.
“Gap Rossiyani maksimal tarzda siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy yakkalab qo‘yish haqida ketmoqda. Faqatgina gaz yetkazib berish to‘xtatilmasligi uchun ayrim kanallar saqlanib qolinadi. Aks holda bu bizni kuchsizlantirishi mumkin. Qolgan masalalarda esa sanksiyadar uchun bor imkoniyatlar ko‘rib chiqilyapti”, – degan vazir.
Ma’lumot o‘rnida: Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada harbiy operasiya boshlagach, Gʻarb Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi. Cheklovlarning aksariyati moliya bozoriga qarshi qaratilgan. Xususan, Rossiyaning bir qator banklari AQSH, Yevropa va Buyuk Britaniya qora ro‘yxatiga kiritildi, shuningdek, SWIFT tizimidan uzib qo‘yildi.
Avvalroq Yevropa bosh diplomati Jozep Borrel YeI ham sanksiyadardan aziyat chekishini ma’lum qilgandi.


