1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Ayrim tibbiy buyumlar ishlab chiqarish uchun litsenziya talab qilinmaydi

“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingani munosabati bilan ayrim faoliyat turlariga nisbatan litsenziya talabi bekor qilindi.

Ayrim tibbiy buyumlar ishlab chiqarish uchun litsenziya talab qilinmaydi

 

 

Jumladan, endi tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, ulgurji realizatsiya qilish, dori vositalari va tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda litsenziyasiz faoliyat olib borish mumkin.

 

Bundan tashqari, dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish, dorivor o‘simlik xomashyosini qadoqlash va ulgurji sotish jarayonlari uchun ham litsenziya talab etilmaydi.

 

Eslatma: xabardor qilish yoki ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatni talab etadigan faoliyat turlari bundan mustasno. Bunda litsenziya olmagan korxona yoki sex juda ko‘p miqdorda daromad topadigan bo‘lsa, jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Buning uchun korxona yoki sex egasi litsenziya olishi shart hisoblanadi. 

 

Bundan avval farmatsevtika sanoatida zarur amaliyotlar markazi tashkil etilgani, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida mustaqil hamshiralik bilan shug‘ullanishga ruxsat berilgani hamda mamlakatimizda farmatsevtikaga ixtisoslashgan yangi universitet tashkil etilgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика