1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

BAA va Hindiston Buyuk Britaniya amaldorlari telefonini buzib kirishga uringan — Telegraph

Ushbu harakatlar maxsus josuslik dasturi orqali amalga oshirilgan.

BAA va Hindiston Buyuk Britaniya amaldorlari telefonini buzib kirishga uringan — Telegraph

 

BAA va Hindiston Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi va bosh vaziri kanselyariyasi xodimlari telefonlarini buzib kirishga aloqador bo‘lishi mumkin. Bu haqda Daily Telegraph gazetasi xabar berdi.

 

Gazeta maʼlumotlariga ko‘ra, Kanadaning Toronto universiteti Munk maktabi xodimlari 2020 yil iyulidan 2021 yil iyunigacha bo‘lgan davrda Britaniya TIV hodimlari telefonini buzib kirishga oid 5 ta harakatni qayd etgan. Bu harakatlar Pegasus josuslik dasturidan amalga oshirilgan. 2020 yil 7 iyulda esa Boris Jonson kanselyariyasi xodimi telefonini zararlashga urinib ko‘rilgan. Qayd etilishicha buning ortida Hindiston, BAA, Iordaniya va Kipr maxsus xizmatlari turgan.

 

Gazeta Buyuk Britaniya kiberxavfsizlik milliy markazi tomonidan Boris Jonson va uning kanselyariyasining aʼzolari telefonlari tekshirilganini, ammo ularda zararlanish aniqlanmaganini maʼlum qilgan.

 

Avvalroq Rossiyaga qarshi xakerlar urushi eʼlon qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика