1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

BAAda afg‘on qochqinlari norozilik namoyishi o‘tkazdi

Ular tezroq boshqa davlatlarga ketishni istamoqda.

BAAda afg‘on qochqinlari norozilik namoyishi o‘tkazdi

 

BAAdagi afg‘on qochqinlari doimiy yashash joyiga jo‘natish bo‘yicha noaniqliklar tufayli norozilik namoyishi o‘tkazdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

 

Ularning aksariyati 2021 yil bahorida Afg‘onistonni tark etgan. Qochqinlar lageridagi afg‘onlardan biri dushanba va seshanba kunlari norozilik namoyishlari o‘tkazilganini maʼlum qilgan. minglab migrantlar AQSH va boshqa G‘arb davlatlariga olib ketilishini kutmoqda.

 

“Bizni bir yildan buyon hibsda ushlab turishibdi. Bu lager zamonaviy turmaga o‘xshaydi. Hech kimga chiqishga ruxsat berilmaydi. Biz qachon boshqa davlatga ketishni bilmaymiz”, – degan qochqinlardan biri.

 

BAA rasmiylari afg‘onistonliklarning xavfsiz va munosib hayot kechirishiga sodiq ekanini taʼkidlagan. Shu bilan birga ular migrantlar orasida norozilik kayfiyatlari kuchayganini tan olgan. Abu-Dabi AQSH elchixonasi bilan  qochqinlarni Qo‘shma Shtatlar yoki boshqa davlatlarga ko‘chirish masalasida ishlamoqda.

 

Avvalroq dunyoning yetakchi iqtisodchi ekspertlari Baydendan muzlatilgan afg‘on aktivlarini qaytarishni so‘ragandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика