1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Bankdan qarz olgan jamiyat rahbari  garovga qo‘yilgan yuk mashinani yashirib qo‘ydi

Bu haqda “Diyor24” xabar berdi.

Bankdan qarz olgan jamiyat rahbari  garovga qo‘yilgan yuk mashinani yashirib qo‘ydi

 

 

Unda aytilishicha, Muzrabot tumanida tashkil etilgan masʼulyati cheklangan jamiyatlardan birining rahbari faoliyat turini kengaytirish maqsadida bankdan katta miqdorda kredit oladi. Buning uchun esa jamiyatga tegishli bo‘lgan “HOWO” rusumli yuk mashinasini garovga qo‘yadi.

 

Lekin kreditni o‘z vaqtida qaytarolmaydi. Natijada, Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudi joriyning yil iyun oyida ijro hujjati chiqaradi. Unga asosan qarzdor jamiyatdan bank foydasiga 334 million so‘m undirish belgilanadi.

 

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor jamiyatga tegishli bo‘lgan, garovga qo‘yilgan yuk mashinasi xatlanadi. So‘ng dalolatnoma va tilxat asosida vaqtincha saqlash uchun jamiyat rahbariga qaytariladi.

 

Mazkur dalolatnoma va tilxatga ko‘ra, agar xatlangan mulk qonunga zid ravishda tasarruf etilsa, jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirish qayd etilgan.

 

Shundan keyin ham jamiyat qarzini bartaraf etishga  harakat qilmagani sababli garovga qo‘yilgan yuk mashinasi 250 million so‘mga baholanib, auksion savdosiga chiqarilishi kerak edi. Ammo jamiyat rahbari yuk mashinasini qasddan yashirib, auksion savdosiga chiqarishga to‘sqinlik qiladi. Natijada, jamiyat rahbariga Byuroning viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 233-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borish uchun viloyat prokuraturasiga yuborildi.

 

Avvalroq Buxoroda qarzdorlarning mashinalari, shuningdek, Qarzdorning “Trailblazer” avtomashinasi xatlangani hamda MIB tomonidan 742 ming 476 ta ijro hujjatining muddati buzilgan holda ijro etilgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика