Qulagan uy xonadonining egasi va u yollagan ishchilarni ikki yildan besh yilgacha qamoq jazosi kutmoqda.
"Sud har uch ayblanuvchi uchun ham qamoqqa olish chorasini tanladi. Dastlabki sud majlisi 1- dekabr soat 12:00 ga belgilangan", — deyiladi xabarda.
Ayblanuvchilarning advokati ularni garov evaziga ozod qilishni talab qildi, ammo sudya uning talabini qondirmadi.
Qayd etilishicha, sudlanuvchilar 4-8 oktabr kunlari binoning birinchi qavatida taʼmirlash ishlarini olib borgan. Ular devorlar, shu jumladan, yuk ko‘taruvchi devorlarni ham buzib tashladi. Bu esa uy barqarorligi buzilishi va uning qulashiga olib keldi.
Oqibatda, to‘qqiz kishi halok bo‘ldi Ularning uch nafari voyaga yetmagan bolalar. Bir kishining ahvoli og‘irligicha qolmoqda.
Bundan avval Kseniya Sobchak o‘tirgan avtomobil Adler yaqinidagi katta trassada “Volkswagen" bilan to‘qnashgani, buning oqibatida “Volkswagen” haydovchisi va ichidagi yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Nasiba To‘xtayeva


