1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bayden 2024-yilgi saylovda ham ishtirok etish niyatida

Prezidentning reytingi esa so‘ngi haftalarda tobora pasayib bormoqda.

Bayden 2024-yilgi saylovda ham ishtirok etish niyatida

 

Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki AQSH prezidenti Jo Bayden 2024-yilda ikkinchi muddatga saylanish niyatida ekanini tasdiqladi.

 

"Uning ikkinchi muddatga o‘z nomzodini qo‘yish niyati bor", dedi Psaki Baydenning navbatdagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish istagi haqida so‘ragan jurnalistlarga.

 

Shuningdek, matbuot kotibi bir qator Amerika ommaviy axborot vositalarining so‘nggi kunlardagi mavzusiga aylangan masalaga oydinlik kiritgan. Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti 2024-yilgi saylovlarda ishtirok etish istagini o‘tgan yilgi inauguratsiya marosimi paytdan eʼlon qilgandi:

 

"Men ikkinchi muddatga nomzodimni qo‘yishni rejalashtirmoqdaman. Men buni kutaman", — degan edi Bayden.

 

Prezidentning reytingi so‘ngi haftalarda doimiy ravishda pasayib bormoqda. Buni so‘rovlar natijalari, hatto unga sodiq bo‘lgan ommaviy axborot vositalari ham tasdiqlaydi.

 

Misol uchun, noyabr oyida "USA Today" va “Suffolk” universiteti tomonidan eʼlon qilingan so‘rov shuni ko‘rsatdiki, Qo‘shma Shtatlardagi saylovchilarning atigi 38 foizi Bayden faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Ko‘pchilik uning ikkinchi muddatga saylanishiga qarshi.

 

Maʼlumot uchun: 2024-yilda AQSH prezidenti 82 yoshga to‘ladi.

 

Eslatib o‘tamiz, Oq uyning sobiq rahbari Donald Tramp ham navbatdagi saylovda ishtirok etishini bildirgandi. Shuningdek, Bayden AQSHning "o‘yinga qaytgani"ni maʼlum qilgandi.

 

Nasiba To‘xtayeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика