Jozef Bayden Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarining yetkazib berilishi Kongressdan o‘tishi uchun harakat qiladi. Bu haqda u turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdog‘anga vaʼda bergan.
Ikki davlat yetakchilari NATO sammiti doirasida muzokara o‘tkazgan. Shu bilan birga Baydenning bu bayonoti hali rasmiy manbalar tomonidan tasdiqlangani yo‘q.
Erdog‘an NATOning Madriddagi sammiti oldidan Vashingtonni qiruvchi samolyotlarni yetkazib berish jarayonini atayin cho‘zishda ayblagandi.
Bundan oldin Turkiya AQSHdan 40 dona F-16 Block samolyotlarini so‘ragan.


