1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bayden o‘zini Trampdan ko‘ra muvaffaqiyatliroq ekanini ma'lum qildii

AQSH yetakchisi Donald Trampni keskin tanqid qildi.

Bayden o‘zini Trampdan ko‘ra muvaffaqiyatliroq ekanini ma'lum qildii

 

Jozef Bayden AQSH sobiq prezidenti Donald Trampdan ko‘ra o‘zini muvaffaqiyatli deb hisoblaydi. Bu haqda u Virginiya shtatidagi chiqishida aytib o‘tgan.

 

 “Donald Tramp paytida Gurbert Guver prezidentligi davridan (1929-1933 yillarda AQSHni boshqargan) keyin eng ko‘p ishchi o‘rni yo‘qotilgan. Biz esa so‘nggi 9 oyda Amerika tarixidagi eng ko‘p yangi ish o‘rinlarini yaratishga muvaffaq bo‘ldik”, – degan u.

 

Shu bilan birga Bayden koronavirusga qarshi samarali kurash olib borilayotganiga eʼtibor qaratdi. Uning fikricha, Tramp davrida koronavirusga qarshi vaksinalar ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, bor-yo‘g‘i 2 million kishi emlangan. Uning prezidentligining dastlabki to‘qqiz oyida esa 190 million amerikalik vaksina oldi.

 

“Tramp iqtisodiy vaziyatni baholaydigan eng yaxshi ko‘rsatkich fond bozori deb hisoblaydi. Menda esa aksincha. Fond bozorlariga qarang – u hech qachon hozirgidek yuqori bo‘lmagan”, – deb taʼkidladi Bayden.

 

Shuningdek, AQSH yetakchisi 6 yanvar uni Kapitoliyga hujum haqida gapirar ekan, Tramp uchun bu kun emas, balki 2020 yil 3 noyabr kungi prezident saylovi haqiqiy qo‘zg‘olon bo‘lganini qayd etdi.

 

Avvalroq Donald Tramp shaxsiy ijtimoiy tarmog‘i yaratilganini eʼlon qilgandi. Shuningdek, Bayden Xitoy bilan sovuq urushni istamasligi haqida xabar berilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика