1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bayden: Putin shafqatsiz ishlarni amalga oshirdi

AQSH prezidenti rossiyalik hamkasbi bilan uchrashishi masalasiga oydinlik kiritdi.

Bayden: Putin shafqatsiz ishlarni amalga oshirdi

 

Jozef Bayden "Katta yigirmatalik" sammitida Putin bilan uchrashmoqchi emas. Bu haqda u CNN telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi

 

"Menda u bilan uchrashish istagi yo‘q, ammo agar u sammit davomida kelib: ‘men amerikalik Brittni Graynerni ozod qilish masalasida gaplashmoqchiman‘ desa... Fikrimcha, bu vaziyatga bog‘liq", — degan prezident.

 

Shu bilan birga AQSH rahbari Ukrainasiz Ukraina masalasida gaplashmasligini bildirgan. Bundan tashqari, u Rossiya prezidentini shafqatsizlik va harbiy jinoyatlarda ayblagan.

 

"Shu sababli men hozir u bilan uchrashishdan maʼno ko‘rmayapman", — deb taʼkidlagan Bayden.

 

O‘tgan haftada Rossiya va AQSH yetakchilari Indoneziyada noyabrda bo‘lib o‘tadigan "Katta yigirmatalik" sammitida uchrashishi mumkinligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.

 

Avvalroq Zelenskiy va Bayden telefon muloqotini o‘tkazgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика