1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bayden Putindan so‘ng Zelenskiy bilan gaplashdi

Bu ikki davlat rahbarlarining yil boshidan buyon uchinchi muloqoti.

Bayden Putindan so‘ng Zelenskiy bilan gaplashdi

 

Jozef Bayden va Vladiir Zelenskiy o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

 

Tomonlar Ukraina va Rossiya chegarasidagi vaziyat, xavfsizlik, moliyaviy va iqtisodiy masalalarni muhokama qilgan. Zelenskiy amerikalik hamkasbidan moliyaviy va harbiy yordamni ko‘paytirishni so‘ragan. Shu bilan birga Baydenni Ukrainaga taklif qilgan. Ammo CNN‘ning Oq uydagi manbalariga ko‘ra, uning Kiyevga tashrif buyurish ehtimoli kam.

 

AQSH prezidenti administarsiyasining maʼlum qilishicha, tomonlar Ukraina atrofidagi vaziyatni diplomatik yo‘llar bilan hal qilish zarurligini taʼkidlagan. Bayden, o‘z navbatida, Ukraina suverenitetiga sodiq ekanligini taʼkidlagan. Suhbat bir soatga yaqin davom etgan.

 

Bu ikki davlat rahbarlarining 2022-yildagi uchinchi marta telefon orqali muloqoti bo‘ldi.

 

Avvalroq Kiyevda Zelenskiy bilan Makronning uchrashuvi bo‘lib o‘tgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика