1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bayrut porti portlashi bo‘yicha tergov ishi vaqtinchalik to‘xtatildi

Livanda Bayrut porti portlashi bo‘yicha tergov ishi to‘xtatib qo‘yildi. Bu haqda “Reuters” xabar bergan.

Bayrut porti portlashi bo‘yicha tergov ishi vaqtinchalik to‘xtatildi

 

 

 Bunga ishni ko‘rib chiqayotgan sudya Tоriq Britarga qarshi daʼvo kiritilgani sabab bo‘lgan. Xabarda aytilishicha, sudya Livan ichki ishlar vaziri Nuxad al Mashnuqni tergovga chaqirishi ortidan vazir uning ustidan shikoyat bergan.  “An-Naha” gazetasi maʼlumotiga ko‘ra, sud bu daʼvo bo‘yicha qaror chiqarmaguncha tergov vaqtinchalik to‘xtatiladi.

 

2020-yil 4-avgust kuni Bayrut portida kuchli portlash yuz bergandi. Oqibatda, yuzlab uy vayron bo‘lgan. Hukumat portlashga 2750 tonna ammiak selitrasi sabab bo‘lganini maʼlum qilgan. Bu modda port omborxonalarida 2014 yildan buyon saqlab kelingan. Hodisa oqibatida 280 kishi halok bo‘lgan, 6 mingdan ortiq odam jarohatlangandi. Hozirga kelib, tergov portlash sabablari bo‘yicha aniq xulosaga kela olmagan.

 

Avvalroq Bangkokdagi kimyo zavodida hamda Afg‘onistonning Jalolobod shahrida ketma-ket uch portlash sodir bo‘lgani  xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика