1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Afg‘onistonda ketma-ket portlash sodir bo‘ldi

Afg‘onistonning Nangarxor viloyati Jalolobod shahrida ketma-ket portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda uch kishi halok bo‘lgan, 20ga yaqin kishi jarohatlangan. Bu haqda “INTERFAX.RU”  xabar berdi.

Afg‘onistonda ketma-ket portlash sodir bo‘ldi

 

 

Qurbonlarning ikki nafari “Tolibon” harakati aʼzolari. Yaralanganlarning aksariyati  tinch aholi vakillaridir.

 

Bir qator ommaviy axborot vositalarining taʼkidlashicha, bu “Tolibon”ga qarshi qaratilgan terakt bo‘lishi mumkin.

 

Portlashlar politsiya bo‘limi va ular nazoratidagi hukumat binosi yonida sodir bo‘lgan.

 

Hujum ortida kim turgani haqida hozircha hech qanday maʼlumot yo‘q.

 

Eslatib o‘tamiz, G‘azo shahridahi Al-Zaviya bozorida portlash yuz berishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Nasiba To‘xtayeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика