
“Haqiqatdan ham transport sohasida muammolar bor. Amaldagi qonunchilikka muvofiq transport vositalari harakati intervalga rioya qilgan holda harakatlanishi shart. Ayrim hududlarda infratuzilma talab darajasida tashkil qilinmagan. Baʼzi joylarda hatto bekatlar ham yo‘q”, degan agentlik direktori o‘rinbosari Aʼzam Qurbonov.
Joriy yilda transport masalasida isteʼmolchilardan 110 ta murojaat kelib tushgan. 2021-yilda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan metro harakati bo‘yicha eʼtirozlar ham o‘rganib chiqilgan. Qayd etilishicha, metropolitendan foydalanish bo‘yicha hukumatga normativ-huquqiy hujjat qabul qilish yuzasidan taklif kiritilgan.
Shuningdek, hozirda yana bir muammoli soha –– yo‘nalishli taksilardagi holatlar o‘rganilmoqda va bu haqda yaqin kunlarda hisobot eʼlon qilinadi.
Bundan avval O‘zbekistonda totalizatorlarning noqonuniy reklamasi ko‘paygani haqida xabar qilingan edi.
Jahongir Qo‘ziyev


