1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Beruniyda alimentdan qarzdor otaning “Lacetti”si sotilib qarzi undirildi

Xatlangan avtoulov kimoshdi orqali savdoga chiqarilib sotilgan.

Beruniyda alimentdan qarzdor otaning “Lacetti”si sotilib qarzi undirildi

 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining 2020-yil 17-sentabrdagi ijro varaqasiga asosan, javobgar D.R.dan daʼvogar B.S.ning foydasiga 45 million 669,8 ming so‘m avtoulov uchun to‘langan puli va 1,8 million so‘m sud harajatini undirish to‘g‘risida ijro varaqasi Byuroning Beruniy tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Bu haqda MIB Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Farrux Toshpo‘latov Zamon.uz‘ga xabar qildi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, davlat ijrochisi tomonidan shu kunning o‘zida ijro ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, majburiy ijro harakatlariga kirishgan. Ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun javobgar D.R.ga 15 kunlik muddat berilib, mol-mulklarini aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan. Olingan javob xatlariga asosan javobgarning nomida “Lacetti” avtoulovi borligi aniqlangan. Javobgar tomonidan ijro hujjati talablari ixtiyoriy muddatda bajarmagani sababli, mazkur avtomashina xatlovga olingan.

 

Aytilishicha, xatlangan avtomobil kimoshdi savdosida boshlang‘ich sotuv narxi 65 million 746,2 ming so‘m  bilan “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarilib sotilgan.

 

Sotuvdan tushgan pul mablag‘lari daʼvogar B.S.ga to‘lig‘i bilan amalda undirilib, mazkur ijro ishi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlangan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oltiariqda fuqaroning “Nexia 3” rusumli avtoulovi, qarzdorning “Trailblazer” avtomashinasi, shuningdek, Buxoroda qarzdorlarning mashinasi xatlangani hamda MIB tomonidan 742 ming 476 ta ijro hujjatining muddati buzilgan holda ijro etilgani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика