1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Dunyo / 
  4. Bir guruh Suriya harbiylari ISHID bilan to‘qnashuvda halok bo‘ldi

07:34 / 03.01.2022

1.4k

Bir guruh Suriya harbiylari ISHID bilan to‘qnashuvda halok bo‘ldi

Bir guruh Suriya harbiylari ISHID bilan to‘qnashuvda halok bo‘ldi

Shuningdek, 20 nafar askar yaralangan.

 

3 yanvar kuni ISHID Suriya armiyasi kolonnasiga hujum uyushtirdi. Bu haqda SANA agentligi xabar berdi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, terrorchilar Mahat-as-Salis neft stansiyasidan 50 kilometr uzoqlikda harbiylar avtobusiga o‘t ochgan. Oqibatda besh nafar harbiy halok bo‘lgan hamda 20 nafari jarohatlangan.

 

ISHID so‘nggi oylarda Suriya sharqida ancha faollashdi. Xususan, 2021 yil  noyabr oyida Dayr-az-Zor viloyatida terrorchilar pistirmasi oqibatida 13 harbiy halok bo‘lgan. Hukumat mamlakat sharqiga qo‘shimcha kuchlar tashlagan.

 

Avvalroq 10 yillik urush Suriya iqtisodiyotiga qancha zarar keltirgani maʼlum qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика