1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

"Biz Bayden izidan bormoqchi emasmiz" — Jozep Borrel

YI bosh diplomati Rossiya neft va gaziga sanksiya joriy etilishi ehtimoli haqida gapirdi.

"Biz Bayden izidan bormoqchi emasmiz" — Jozep Borrel

 

YI Rossiya energoresruslariga qarshi sanksiya joriy etmoqchi emas. Bu haqda Yevropa tashqi ishlar va siyosat bo‘yicha oliy komissari Jozep Borrel maʼlum qildi.

 

"Biz Rossiya energoresurslariga sanksiya joriy etmoqchi va Basden izidan bormoqchi emasmiz", — degan u Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida.

 

Shu bilan birga Yevropa bosh diplomati hozirda YI rus gaziga muqobil kanallar qidirayotgani, sababi Moskva "ishonchli hamkor" bo‘la olmayotganini taʼkidlagan.

 

Maʼlumot o‘rnida: 8-mart kuni AQSH Rossiyadan neft va gaz importini taqiqlab qo‘ydi. Shuningdek, rus energetika sektoriga investitsiyalar kiritish man etilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak neft va gaz sektoriga sanksiya joriy etilgan taqdirda boshqa yuozorlarga mahsulot yo‘naltirilishini maʼlum qilgandi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика