Ukraina va AQSh prezidentlari Vladimir Zelenskiy hamda Jo Bayden Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar va Ukrainaga mudofaa yordami masalasini muhokama qildi. Bu haqda Zelenskiy 1-mart, seshanba kuni Twitter’da yozgan.
"Hozirgina Jo Bayden bilan gaplashdim. Amerika rahbariyatining Rossiyaga qarshi sanksiyalari va Ukrainaga mudofaa yordami boʻyicha muhokama qildik. Biz tajovuzkorni imkon qadar tezroq toʻxtatishimiz kerak. Amerikadan qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdormiz!", deb yozgan Zelenskiy.
Avvalroq Visa va Mastercard xalqaro to‘lov tizimlari Ukrainadagi urush tufayli Rossiya moliya institutlarini xizmatdan uzishni boshlagani xabar qilingandi.


