1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

BMT Rossiya va AQSHni strategik qurollar bo‘yicha kelishishga chaqirdi

Avvalroq Vashington Moskva bilan ushbu masalada muzokara o‘tkazishga tayyorligini bildirgandi.

BMT Rossiya va AQSHni strategik qurollar bo‘yicha kelishishga chaqirdi

 

Rossiya va AQSH imkon qadar tezroq strategik qurollarni qisqartirish to‘g‘risida shartnoma bo‘yicha kelishuvga kelishi kerak. Bu haqda BMT bosh kotibining o‘rinbosari Idzumi Nakamitsu maʼlum qilgan.

 

“Bu shartnoma 2026 yilgacha amal qilishini bilamiz. Shu sababli ular bu muddat tugaguncha kelishib olishi kerak”, – degan u.

 

Nakamitsuning fikricha, shartnoma uzaytirilmasa, dunyoda hech qanday cheklov qolmaydi.

 

Vashington va Moskva Strategik hujumkor qurollarni qisqartirish va cheklash to‘g‘risida shartnomani 2010 yilda imzolagan. 2021 fevralda uni yana besh yilga uzaytirdi.

 

Avvalroq AQSH Rossiya bilan strategik qurollar masalasida muloqot o‘tkazishga tayyorligini maʼlum qilgandi.  

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика