1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Chegaradagi qoidalarda tanish-bilishchilik o‘tmaydi

Bojxona qoidalarini buzib mahsulotni chegaradan noqonuniy olib o‘tgan shaxslar ushlandi.

Chegaradagi qoidalarda tanish-bilishchilik o‘tmaydi

 

Bu haqda Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabar qildi.

 

Yangiqo‘rg‘on tumanidagi "Qizilyozi2 blokpostida Nanay – Namangan yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “Lacetti” belgilangan tartibda to‘xtatilib tekshirildi. Shunda avtomobil salonida bojxona qoidalarini buzib chegaradan olib o‘tilgan, chet elda ishlab chiqarilgan, umumiy narxi 150 million so‘mga teng uyali aloqa vositalari borligi aniqlangan.

 

Shunga o‘xshash yana bir holat ushbu blogpostda sodir bo'lgan. Ya'ni Nanay — Chortoq yo‘nalishida harakatlanib borayotgan “Hyundai” avtmobili to‘xtatilib tekshirilganda, chegaradan noqonuniy yo‘llar bilan mamlakatga olib kirilgan, umumiy qiymati 400 million so‘mga teng oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va maishiy texnika vositalari borligi aniqlangan.

 

Hozirda sodir etilgan huquqbuzarliklar yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq Denovda tez yordam haydovchisi katta miqdordagi giyohvand moddalar bilan qo‘lga tushgani hamda alkogol mahsulotlarini noqonuniy muomalaga kiritgan shaxslar qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi. 

 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика