Braziliya terma jamoasi 2004-yildan beri birinchi marta Olimpiada o'yinlarida qatnashmaydi.
Janubiy Amerika saralash turniri guruh bosqichining 3-turi doirasidagi o‘yinda Braziliya terma jamoasi Argentina terma jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, Parijdagi turnirga yo‘llanma olish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, braziliyaliklar 2016 va 2021-yillardagi so‘nggi ikki Olimpiadada g‘olib chiqishgan. Umuman olganda, braziliyaliklar o'z tarixlarida Olimpiadada yettita medalni qo'lga kiritishgan - ikkita oltin, uchta kumush va ikkita bronza.


