Jumladan, para kanoe bo‘yicha milliy terma jamoa aʼzolari ayni damda Toshkent viloyatining so‘lim Bo‘stonliq tumanida joylashgan Hojikent sog‘lomlashtirish oromgohida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishmoqda. Unda Shaxnoza Mirzayeva, Azizbek Abdulhabibov hamda Haytmurod Sherqo‘ziyev kabi Tokio-2020 litsenziyasini qo‘lga kiritgan sportchilar ishtirok etmoqda.
Terma jamoa bosh treneri Dilshod Yo‘ldoshevning maʼlum qilishicha, ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘inidan ko‘zlangan asosiy maqsad sportchilarning jismoniy tayyorgarligini yana-da oshirishdir.





