Yevropa chempionatida Italiya va Ispaniya final yo‘llanmasi uchun o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning 60-daqiqadasida Italiya qarshi hujumdan unumli foydalanib hisobni ochdi. Federiko Kyeza chiroyli gol muallifi bo‘ldi. Bu vaqtga qadar o‘yinda ispanlar biroz ustunlik qilayotgan va bir nechta qulay vaziyatlarni qo‘ldan chiqarishgan edi. 80-daqiqada Ispaniya baribir gol urdi. Zaxiradan maydonga tushgan Alvaro Morata hisobni tenglashtirdi.

Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda boshqa gol kiritilmadi. Penaltilar seriyasida esa omad italiyaliklarga kulib boqdi.
Italiya — Ispaniya 1:1
Gollar: Kyeza (60) — Morata (80).
Penaltilar seriyasi — 4:2.


