Vladimir Putin 22-avgust kuni BRIKS biznes-forumi ishtirokchilariga videomurojaat bilan chiqdi. U Janubiy Afrikaning Yohannesburg shahrida BRIKS davlatlarining asosiy sammitidan oldin bo‘lib o‘tmoqda.
Kreml jurnalistlariga ko‘ra, biznes-forumda prezidentning murojaati rus tilida boshqacha ovozda dublyaj qilingan. Nima uchun bunday qilingani nomaʼlum.
Biroq Kremlning rasmiy veb-saytida murojaat original ovozda berilgan.
Avvalroq Vladimir Putin BRIKS sammitida shaxsan ishtirok etishdan bosh tortgani haqida xabar berilgandi. Sababi Xalqaro jinoyat sudi Rossiya prezidentini hibsga olishga order bergan edi.


