1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Britaniya kelasi yili harbiy xarajatlarni oshiradi

2023-yilda ham London Ukrainaga harbiy texnika yetkazib berishni rejalashtirmoqda.

Britaniya kelasi yili harbiy xarajatlarni oshiradi

 

2023-yilda Buyuk Britaniyaning mudofaa xarajatlari bir milliard funtga oshishi mumkin, deb yozadi "The Telegraph" parlamentdagi manbaga tayanib.

 

Mudofaa vaziri Ben Uolles qurollanishga sarflanadigan xarajatlarni oshirish haqida gapirgan, bu taklif Britaniya Moliya vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

 

Harbiy ekspertlarga ko‘ra, 2024-2025-yillarda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi byudjeti qisqarishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun uni 48,6 milliard funt sterlingdan 50,1 milliard funt sterlinggacha oshirish kerak. Ya'ni, byudjet kamida 1,5 milliard funt sterlingga o'sishi taxmin qilinmoqda.

 

G‘aznachilik vaziri Jeremi Xant kelasi bahorda mudofaa xarajatlari oshishini e’lon qilishi kutilmoqda. Byudjetning o'sishi o'tgan yili mudofaa xarajatlarini ko'paytirish uchun qattiq harakat qilgan Ben Uollesning g'alabasi sifatida qaraladi.

 

Bundan tashqari, Birlashgan Qirollik 2023-yilda Ukrainaga yuz minglab artilleriya o‘q-dorilarini yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Ular 250 million funt sterlingga teng harbiy yordam shartnomasi doirasida yetkazib beriladi.

 

Avvalroq Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Kiyevga harbiy yordamning Rossiya bilan qurolli mojaroga ta’sirini baholashni so‘ragandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика