1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Bugun to‘rtta tuman va bitta shaharga yangi “hokimbuva”lar qo‘yildi

Yangi hokimlar Bulung‘ur, Romitan, Kosonsoy, Oqdaryo tumanlari va Quvasoy shahrida faoliyat olib borishadi.

Bugun to‘rtta tuman va bitta shaharga yangi “hokimbuva”lar qo‘yildi

 

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumaniga:

Tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Baxramov Baxodir Abdullayevich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Astanov Samandar Mustafoqulovich nomzodi Bulung‘ur tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Maʼlumot uchun, mazkur tayinlovga qadar Astanov Samarqand viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Oqdaryo tumaniga:

Qudratov Sherzod Asadovich Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Maʼlumot uchun, Qudratov bungacha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

 

Buxoro viloyati Romitan tumaniga:

Romitan tumaniga Buxoro tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Barnoyev Umedjon Isoyevich hokim etib tayinlandi.

Maʼlumot uchun, Barnoyev ayni paytga qadar Buxoro tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Umedjon Isoyevich Buxoro viloyatining sobiq hokimi, 2020 yil 20 centyabrda koronavirus oqibatida vafot etgan O‘ktam Barnoyevning ukasi hisoblanadi.

 

Namangan viloyati Kosonsoy tumaniga:

Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Dilmurod G‘afurovich Qodirov tuman hokimi etib tasdiqlandi.

Maʼlumot uchun, Qodirov bugungi kunga qadar Norin tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan.

 

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahriga:

Zafarjon Qodirovich To‘raqulov Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahar hokimi lavozimiga tayinlandi.

Maʼlumot uchun, To‘raqulov shu kunga qadar ATB “Universalbank” boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

 

Avvalroq Rustam Inoyatov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etilgani hamda taniqli qiziqchi va so‘z ustasi Valijon Shamshiyev yangi lavozimga tayinlangani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика