1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Rustam Inoyatov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

U 2018 yil 31 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.

Rustam Inoyatov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

 

Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga Islomov Baxtiyor Jahongirovich tayinlandi.

 

Xususan, Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Islomov Baxtiyor Jahongirovich prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

 

Maʼlumot uchun: B.Islomov shu vaqtgacha Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagandi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Behzod Musayev Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlanishi kutilayotgani hamda Navoiy viloyati hokimi ishdan ketgan va endi navbat tuman hokimlariga kelgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика